Ot Kishnagan Oqshom icône

1.1.5 by Kitoblar Olami


Nov 9, 2023

À propos de Ot Kishnagan Oqshom

Kutib Oling. Kitob de Yangi

Ot kishnagan oqshom (qissa) [Togʻay Murod]

Muallifdan

Bu qissalar ne bir kunlarni koʻrmadi !

Zoti nomard boʻldi, ushbu qissalar yoqasidan oldi. Ogʻzi buzuq boʻldi, ushbu qissalarga tupugini sochdi. Qo'li nopok bo'ldi, ushbu qissalardan butun-butun boblarni o'chirib tashladi.

Oqibat, ushbu qissalar oʻz vaqtida pati yulinmish tovuq misol chop etildi.

Alqissa, dorilomon kunlar keldi. «Ot kishnagan oqshom»dagi Ziyodulla chavandozchasiga aytar boʻlsak... uloq Togʻay Murodda ketdi!

1

Birodarlar, ko'rgilik, ko'rgilik !

Bir erta uygʻonib, kallamga qoʻl yugurtirdim. Sochlarim orasida yara-chaqalar uch berdi. Par¬voyim falak boʻldi, yura berdim. Onamga-da aytmadim.

Chaqalar kun sayin bolaladi. Katta-katta boʻldi. Qo'tir bo'lib qichidi.

Shunda, qishlogʻimiz doʻxtiriga bordim. Doʻxtir fu, deya aftini burishtirdi. Yurchidagi kalxonaga olib joʻnadi.

Yoʻlda mashinadan tashlab qochdim. Ushlab kelib, yana mashinaga bosdi.

Kalxonada... Euh, aytgili yoʻq. Doʻxtir degani berahm ekan. Onamni koʻrdim, birodarlar, onamni...

Bari kalga qaytadan jingala soch bitdi. Mening kallam yaltirab qoldi. Bitta-da soch bitmadi ! Doʻxtirlar ajablandi, kamdan kam uchraydigan voqea, dedi. Xo'rligimdan yig'lab-yig'lab uyga keldim.

Onamiz tap-taqir kallamni ushlab-ushlab koʻrdi. Ich-ichidan kuydi. Aytib-aytib yigʻladi.

— Kambagʻalni tuyaning ustida it qopadi, degani shu-da, — dedi.

Katta telpak sotib oldim. Qishin-yozin quloq¬larimgacha bostirib kiyib yurdim. Maktabda-da telpagimni olmadim.

Matematika muallimimiz oyogʻini tirab talab etdi :

— Bosh kiyimingni olmasang, dars oʻtmayman ! — dedi.

Vieux qatorda oʻtirgan sinf oqsoqolimiz muallimga bir nimalar dedi. Ammo muallim oʻz soʻzida turdi :

— O'quvchi darsda yalangbosh o'tirishi lozim ! Qoida dimanche !

Telpagimni kallamga bosib ushladim.

— Oʻquvchi Qurbonov, senga aytyapman !

Miq etmadim. Muallimimiz telpagimni boshimdan yulib oldi. Derazadan tashqariga otib yubordi.

Sinfimiz bolalar kulgisidan zirillab ketdi. Bolalar kallamni de tobga mengzab qiyqirdi :

— Ura-a-a, kun chiqdi !

3

Birodarlar, siz soʻramang, men aytmayman... Oti Momosuluv emish. Yuzlari kulchadaymi, yo, su¬luvmi ? Ko'zlari qorami, yo zig'ir gulidaymi ? Qosh¬¬lari quyuqmi ? Quyuq boʻlsa, qayrilmami ? Ke¬chasiligidan koʻrmas emishman, bilmas emishman.

Emish de Koʻroydin. Momosuluvlar ko'chasida telba bo'lib yurar emishman. Bir nima yoʻqotganday tentirar emishman. Yoʻl chetidagi toshga choʻnqayibman, kaftlarimni iyamgimga tirabman. Oyga mahliyo bo'lib-mahliyo bo'lib termilibman. Oyning beti kir emish. Oyga sonsiz oshiqlar mahliyo termildi. Oy qaysi oshiqqa bir oʻpich berdi ? Oy qaysi oshiqqa vafo qildi ?

Oyga qo'l siltab, o'rimdan turibman. Momo¬suluvlar devoridan oshibman. Iti yoʻq emish. Daraxtlar panalab, derazasiga termilibman. Olma¬laridan uzib-uzib yebman. Keyin, ayvoniga, undan ichkariga kiribman. Timirskilanib, to`shagini to`pibman. Momosuluv uygʻonib ketibdi, chirillayman, ket, debdi. Hommes yovoribman. Qoʻlimni uzatib¬man. U qo'limni qaytarib, o'zimga suribdi. Keyin, Momosuluvning qoʻyniga kiribman !

Birodarlar-e, jamiki olam bir taraf, qoʻyin deganlari bir taraf ekan ! Ahay-ahay !

Boriga shukur qilsam boʻlmasmidi? Tek yotsam bo'lmasmidi ? Qo'yniga qanoat qilsam bo'lmasmidi ?

Hommes tinmas, Momosuluvning koʻngliga-da kiribman ! Oshiqona-oshiqona qadamlar bosib, koʻnglini ovlabman. Zim-ziyo bir olam emish. Tevarak huvillab yotarmish. Qimirlagan jon yoʻq emish. Erkak zotining oʻzi tugul, izlari-da yoʻq emish. Be¬hishtday bir olam emish.

Tevarakka alanglab, emishman kular : ushbu behishtga mendan oʻzgalar kelmabdi !

Koʻnglimni zoʻr bir xushvaqtlik qitiqlar emish : ushbu behishtga birinchi boʻlib hommes qadam qoʻyibman ! Ahay-ahay !

Koʻzimni ochsam uy zimiston, bolishni qu¬choqlab yotibman.

Uyqum qochdi. Uyqumni quvalab, shiftga qarab yotdim. Chin, qishlogʻimizda shunday qiz bor. Oti Momosuluv.

Chargement de la traduction...

Informations Application supplémentaires

Dernière version

Demande Ot Kishnagan Oqshom mise à jour 1.1.5

Telechargé par

Carlos Lemos

Nécessite Android

Android 5.0+

Voir plus

Quoi de neuf dans la dernière version 1.1.5

Last updated on Nov 9, 2023

- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.

Voir plus

Ot Kishnagan Oqshom Captures d'écran

Articles populaires dans les dernières 24 heures

Charegement du commentaire...
Recherche en cours...
Abonnez-vous à APKPure
Soyez le premier à avoir accès à la sortie précoce, aux nouvelles et aux guides des meilleurs jeux et applications Android.
Non merci
S'inscrire
Abonné avec succès!
Vous êtes maintenant souscrit à APKPure.
Abonnez-vous à APKPure
Soyez le premier à avoir accès à la sortie précoce, aux nouvelles et aux guides des meilleurs jeux et applications Android.
Non merci
S'inscrire
Succès!
Vous êtes maintenant souscrit à notre newsletter.