Tarixi Muhammadiy icône

1.1.5 by Kitoblar Olami


Oct 25, 2023

À propos de Tarixi Muhammadiy

Français

Kutib Oling. Bebaho Kitob.

Bilmak kerakkim, har bir musulmon bolasi, xohi er kishi, xohi xotun kishi, xohi yosh,

xohi qari, mana shu tubandagi to'rt narsaning tarixini bilishi albatta lozimdur.

I. Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom tarixlari.

II. Qur'oni Karim Tarixi.

III. Tarixi Dini Islom.

IV. Ka'batulloh tarixi.

Shuning uchun, men faqir — Alixonto'ra Shokirxonto'ra o'g'li Sog'uniydurmankim,

bizlardin keyingi avlod nasllarimizga va ham boshqa turkiy tillik vatandosh, vacarme

qarindoshlarimizga mendan yodgor bo‘lsin deb yuqoridagi to‘rt narsa tarixini har qandoq

kishi tushungudek qilib, ochiq turkiy tilida yozdim. Bu kitobga « Tarixi Muhammadiy » deb

pas qo'ydim. Buni o'qiguvchilar faqirni duolarida yod qilib qo'yishlarini umid qilurman.

BUYUK USTOZ HAQIDA SO'Z

« Tarixi Muhammadiy » muallifi Alixonto‘ra Sog‘uniyni asrimizning ko‘plab ulamoi fozillari

o'zlarining buyuk ustozlari deb biladilar. Zéro, ul zoti bobarakotning serfayz va ta'sirchan

suhbatlaridan bir lahza bahramand bo'lgan har bir tolibi sodiq yillar davomida o'zga

ustozlardan olgan saboqlari yoki yuzlab mutolaa qilgan kitoblardan olgan

ma'lumotlaridan ham ziyodroq istifoda etar edi, desam mubolag'a bo'lmas. Kamina esa

bir lahza emas, Tangriga behad shukrlar aytamankim, ul ustozi kullning darsgo'ylik

davralarida va fayzli suhbatlarida ko‘p bo‘lganman va ko‘pdan-ko‘p ilmiy ishtibohlarimni

so'rab o'ta qoniqarli javoblar olganman.

Hamon esimda, 1971 yili Marg'ilon shahriga borganlarida bir ilmiy suhbatda hozirlarning

ko'pchiligi tolibi ilmlar ekanini nazarda tutib, ahli majlisga Qur'oni karimdan Val-asr

surasini tafsir qilib bergan edilar. Sourate eng qisqa suralardan bo'lib, atigi uch oyat — ikki

satr bo‘lishiga qaramay ustoz roppa-rosa ikki soat tahlil etib, oyatlarning har bir kalima,

hatto harfi zimnidagi hikmati va nuqtalarini shunchalik hakimona sharxlar edilarki,

diqqat bilan some’ bo’lib turgan ulamo va toliblar boshlariga qush qo’ngandek sukut

saqlagan holda vujudlari quloq bo'lib, har bir so'zlarini uqib olishga va mag'zini

chaqishga harakat qilar edilar.

Darhaqiqat, ustoz ilmu hikmatning bir-ikki sohasida emas, balki ilmi qiroat, tafsir, hadis,

fiqh, nahv, balog'at, mantiq, tib, tarix, siyrat, jug'rofiya, nazmu nasr va boshqa fanlar

bo'yicha ham yetuk mutaxassis edilar.

Endi ushbu siyrati nabaviyya faniga mansub «Tarixi Muhammadiy» jambon asari xususida

biroz to'xtalib o'tishga to'g'ri keladi.

Islom tarixi va janob payg'ambarimiz Muhammad alayhis-salotu vas-salomning hayotlari

va faoliyatlari to'g'risida hozirgacha arabe, fors, turc va boshqa sharq va g'arb tillarida

juda ko'plab asarlar yozilgan. Lekin Alixonto'ra Sog'uniyning ushbu asari ularning

xulosasi bo'lishi bilan birga, ma'lumotlarining ishonchli manbalardan olinganligi, har bir

tarixiy voqea bayonidan keyin muallifning unga nisbatan o'z fikr-mulohazalarini ibratli

ravishda izhor etganlari va asarga imkoni boricha badiiylik kiritib har qanday kitobxonni

o'ziga rom etishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Mening fikrimcha, asarni bir marta o'qib chiqishning o'zi kifoya qilmaydi, balki shu

muhim manbaga tez-tez murojaat qilib turish kerak. Tabiiyki, har safar yangi-yangi

tushunchalar kashf etilib, kitobxonda o'zgacha taassurotlar hosil bo'ladi. Bu faqat

kaminaning fikri emas. Asarni mutolaa qilib chiqqan ko'pdan-ko'p do'stlarimiz jambon

ushbu gapni takrorlab turadilar. Ayniqsa, imom-xatiblar, ulamoi kiromlar va tolibi

ilmlarning har birlarida ushbu noyob asardan bo'lishini tavsiya etardim. Zéro, hozirgi

kunimizda Islom tarixi bo'yicha o'z ona tilimizda batafsil yozilgan bundan o'zga asar

yo'q. Bundan tashqari bu fanga doir har qanday kitob uning o'rnini bosa olmaydi. Xullas,

« Tarixiy Muhammadiy » kitobini har qancha ta'rif va tavsif qilinsa, kamlik qiladi. Yaxshisi,

asarning o'zini qunt bilan mutolaa qilib, uning serqirrali ma'lumotlaridan, fayzu futuhli

mazmunlaridan bahramand bo'lgan kitobxongina bunday ta'riflarda mubolag'a yo'q

ekaniga to'la ishonch hosil qiladi.

Quoi de neuf dans la dernière version 1.1.5

Last updated on Oct 25, 2023

- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.

Chargement de la traduction...

Informations Application supplémentaires

Dernière version

Demande Tarixi Muhammadiy mise à jour 1.1.5

Telechargé par

Mahamad Sarbaz

Nécessite Android

Android 5.0+

Available on

Télécharger Tarixi Muhammadiy sur Google Play

Voir plus

Tarixi Muhammadiy Captures d'écran

Charegement du commentaire...
Langues
Langues
Recherche en cours...
Abonnez-vous à APKPure
Soyez le premier à avoir accès à la sortie précoce, aux nouvelles et aux guides des meilleurs jeux et applications Android.
Non merci
S'inscrire
Abonné avec succès!
Vous êtes maintenant souscrit à APKPure.
Abonnez-vous à APKPure
Soyez le premier à avoir accès à la sortie précoce, aux nouvelles et aux guides des meilleurs jeux et applications Android.
Non merci
S'inscrire
Succès!
Vous êtes maintenant souscrit à notre newsletter.